
"Sevilya" futbolchisi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
Ispaniyaning “Sevilya” klubi himoyachimi Gilerme Arana faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.
FOX Sports Rádio BR tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik futbolchiga Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Arana “Sevilya” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Korintians”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum andalusiyaliklar safida La Ligada 8ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar