"Sevilya" futbolchisi mashg‘ulot paytida qo‘lini sindirib oldi

  • 12.01.2019 23:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Sevilya” yarim himoyachisi Nolito jamoa mashg‘ulotlarining birida jiddiy jarohat oldi.

Andalusiyaliklar rasmiy saytining xabar berishicha 32 yoshli ispaniyalik futbolchi qo‘l suyaklarini sindirib olgan. Endi u tez orada jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Shundan so‘ng u kamida uch oy maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Nolito joriy mavsum “Sevilya” safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!