"Sevilya" o‘z safiga chexiyalik darvozabonni qo‘shib oldi

  • 06.07.2018 20:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning "Sevilya" klubi "Bazel" darvozaboni Tomash Vatslik bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra andalusiyaliklar 29 yoshli chexiyalik posbon uchun shveytsariyaliklarga 6 mln evro to‘lashgan. Futbolchi esa yangi jamoasi bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, Vatslik “Bazel” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu davr mobaynida jami 169ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 183ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!