Shaxmat musobaqasidan fotoreportaj

CHERY AUTO

  Poytaxtimizda Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi poytaxt birinchiligi uchun shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi. Unda jamoaviy hamda yakkalik bahslarida g‘oliblar aniqlandi.

Tecno

  Jamoaviy bahslarda ta’lim, fan va madaniyat sohasi xodimlaridan iborat bo‘lgan guruh g‘olib bo‘ldi. Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Yulduz Shoho‘jaeva shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi. Keyingi o‘rinlar Nodira Rahmatova va Iroda Salimovaga nasib etdi. Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda Akmal Ismoilov birinchi o‘rinni egalladi. Ozodbek Abduraimov va Musurmonqul Berdiqulov shohsupaning 2- va 3-o‘rinlarini zabt etdi.
  Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manba: uza.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!