Shifokorlar Tokio Olimpiadasi tashkilotchilarini jiddiy xavfdan ogohlantirmoqda
Yaponiya shifokorlar assotsiatsiyasi Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilarini musobaqalar o‘tkazilish grafiklarini ko‘irb chiqishga chaqirmoqda. Ular o‘yinlar vaqtida havoning xaddan ortiq isib ketishidan ogohlantirmoqda. Bu sportchilar va muxlislarning sog‘ligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa, marafonchilarga qiyin bo‘ladi.
– Kuchli issiq atletlarni o‘ldirishi mumkin, – deya Yaponiya shifokorlar assotsiatsiyasi maslahatchisi Kimiyuki Nagasimaning so‘zlarini keltiradi AFP nashri. – Biz juda havotirdamiz. Issiq ob-haqo nafaqat sportchilar uchun, balki volonterlar va muxlislar uchun xavfli.
Assotsiatsiya marafon startini hech bo‘lmaganda mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 5.30 ga ko‘chirishni maslahat bermoqda.

Fikrlar