“So‘g‘diyona”ning Jizzaxdagi yig‘ini boshlandi
Avval xabar berioganidek, "So‘g‘diyona" jamoasi 13 iyul kuni Zomin tog‘ yon bag‘irlarida ikkinchi davra uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlagan edi.
Zomindagi yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan edi. Shu o‘rinda, murabbiylar ko‘rsatmasida berilgan anchagina og‘ir mashqlar va kross yugurishlar futbolchilar tomonidan amalga oshirildi.
Kuni kecha jamoa “So‘g‘diyona” qarorgohida yig‘ildi va mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdilar. Jamoa “So‘g‘diyona” qarorgohida ikki mahal mashg‘ulotlarni olib boradi.
Yig‘in davomida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Bu haqida keyinroq batafsil habar beriladi, deb ma’lum qiladi jizzaxliklar matbuot xizmati.

Fikrlar