
“Suonsi” himoyachisi “Fulxem” a’zosiga aylandi
“Suonsi” jamoasi himoyachisi Alfi Mouson o‘z faoliyatini “Fulxem”da davom ettiradi. Bu haqda klubning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Angliyalik 24 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va 4 yillik shartnomaga imzo chikdi. Transfer qiymati hozircha ma’lum qilinmayapti.
O‘tgan mavsumda Mouson “Suonsi” tarkibida 38 uchrashuv o‘tkazib, 2 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar