Terma jamoamiz a’zosi olti oylik muddatdan so‘ng "Istiqlol" safiga borib qo‘shildi

  • 17 iyul, 2017, 16:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Server Jeparov Tehronning “Istiqlol” klubi safiga borib qo‘shildi. Hamyurtimiz qishki transfer mavsumida eronliklar tomonidan taqdim etilgan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekkan edi.

Tecno

Biroq FIFA “Istiqlol” klubining tarkibga yangi futbolchi qo‘shib olish huquqini bekor qilgandan so‘ng, 34 yoshli yarim himoyachi o‘zi uchun boshqa jamoa topishga majbur bo‘lgan edi. Shu sababli, Jeparov Eronning yana bir klubi Sepahon tarkibida olti oylik muddat davomida ijarada to‘p surdi. O‘nta uchrashuvda maydonga tushgan terma jamoamiz a’zosi bir marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Server Jeparov “Istiqlol” jamoasi bilan Armanistonda o‘tadigan yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!