“Torino” Belottini 60 mln evroga “Chelsi”ga sotmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi “Torino” jamoasiga hujumchi Andrea Belotti borasida rasmiy taklif yubordi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha “aristokratlar” Belotti uchun Turin klubiga 60 mln evro taklif qilishgan. Ammo, “buqalar” bu taklifga rad javobini berishgan.

Ma’lumot uchun, “Torino” Belottini 2015 yilda 7,5 mln evroga sotib olgan edi. 23 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 28ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 24ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!