"Tottenxem" Dembelening Xitoy klubiga o‘tganini e’lon qildi

  • 17 yanvar, 2019, 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Mussa Dembele “shporlar” safini tark etdi va Xitoyga yo‘l oldi.

Londonliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchi "Guanchjou Fuli" klubi bilan kelishuvga erishgan. Ushbu transfer esa taxminan 12 mln evroni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, Dembele “Tottenxem” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U joriy mavsum premer-ligada 10ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!