"Valensiya"ga "Yuventus" hujumchisi kerak

  • 18.07.2018 19:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning "Valensiya" klubi "Yuventus" hujumchisi Marko Pyatsaning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “ko‘rshapalaklar” 23 yoshli xorvatiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar chog‘idayoq qo‘lga kiritishmoqchi. Aytish lozimki, Pyatsa uchun shuningdek “Fiorentina” ham jiddiy kurash olib bormoqda.

O‘z navbatida “Yuventus” Pyatsani faqat bir shart evaziga qo‘yib yubormoqchi. Turinliklar ushbu futbolchini faqatgina keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishmoqchi. “Yuve” shuningdek shartnomaga uni qaytarib sotib olish bandini ham kiritmoqchi.

Ma’lumot uchun, Pyatsa o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Gelzenkirxenning "Shalke" klubida ijarada o‘tkazgan va bu erda 13ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!