
Valverde: Yangi yilda Dembeledan juda ko‘p narsalar kutyapmiz
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoaning frantsiyalik vingeri Usmon Dembelening joriy mavsum ko‘rsatayotgan o‘yinlari borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Dembele? U yaxshi o‘ynayapti va gollar uryapti. Umid qilamizki u bundan keyin ham to‘g‘ri qaror qabul qilishda davom etadi. Biz yangi yilda undan juda ko‘p narsalar kutyapmiz”, - deydi Valverde.
Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Barselona” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar