
Villian: “Barselona”? Kelajagim “Chelsi”da
“Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Villian “Nyukasl”ga qarshi (2:1) kechgan APL 22-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Braziliyalik futbolchi tomonidan kiritilgan gol London klubiga g‘alaba keltirdi.
“APLda oson o‘yinlarning o‘zi yo‘q. Biz xavfli vaziyatlarni golga aylantirish ustida ishlashimiz lozim. O‘yin davomida xarakter ko‘rsatib, g‘alaba qozonganimizdan mamnunman. Eng asosiysi – muvaffaqiyat”.
“Barselona”ga o‘tishim haqidagi mish-mishlar? Gazetalar o‘qimayman. Nima haqida gapirayotganingizni ham tushunmayapman. Mening kelajagim “Chelsi”da”, – dedi braziliyalik futbolchi.
Avvalroq “Barselona” Villianga qiziqish bildirayotgani, hamda uning transferi uchun yarim himoyachi Malkom va 12 million funt to‘lashga tayyorligi haqida ma’lumot tarqalgandi. Biroq keyinchalik “Chelsi” ustozi Villan jamoadan ketmasligini ma’lum qildi.
Fikrlar