Vitaliy Denisov safga qaytdi

  • 22 noyabr, 2018, 23:35
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiyaning "Krilya Sovetov" klubi safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov jarohatidan forig‘ bo‘ldi. U bugundan e’tiboran umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi va Premer-liganing navbatdagi turida "Spartak"ka qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.

Samaraliklar ertaga o‘z shaharlarida mashg‘ulot olib borishadi va so‘ng Moskvaga uchib ketishadi. Ma’lumot uchun, "Spartak" - "Krilya Sovetov" o‘yini 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!