Vladimir Baenko yana "Buxoro"ga qaytdi
Superligada yangi mavsum boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu bois elitada o‘ynaydigan jamoalar ayni damda o‘z tarkibiga mahoratli futbolchilarni jalb etish bilan band.
Bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda “Buxoro” safiga jamoaning ukrainalik sobiq legioneri Vladimir Baenko kelib qo‘shilgan. 29 yoshli himoyachi hozirda buxoroliklar mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Tez orada Baxtiyor Ashurmatov jamoasiga Xorvatiyadan ham futbolchi kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Baenko uchun “Buxoro” begona emas. Boisi, u 2017 yilgi mavsumda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan va 27ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishgan. Uning so‘nggi jamoasi Latviyaning “Riga” klubi bo‘lgan.

Fikrlar