"Vodiy derbilari" chempioni qaysi jamoa?
Vodiyda futbolni naqadar yaxshi ko‘rishlarni deyarli barcha yaxshi biladi. Oliy ligada Vodiyning 4 ta jamoasi harakat qildi. Biz vodiy klublarining o‘zaro o‘yinlarida qaysi jamoaa eng ko‘p ochko to‘plagani haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
4. "Neftchi". 2 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 7-9
"Vodiy derbilari"da eng kam ochko to‘plagan jamoa "Neftchi" bo‘ldi. Farg‘onaliklar "Andijon" bilan kechgan har ikkala bellashuvda ham 1:2 hisobida yutqazishgan bo‘lishsa, "Navbahor"ni uyda 1:0 hisobida mag‘lub etib, safarda 1:2 hisobida yutqazdi. "Qo‘qon-1912" bilan kechgan Farg‘ona derbilarida har ikki o‘yinda ham mezbon jamoa 2:1 hisobida ustun kelgan. E’tiborli jihati "Neftchi" vodiy klublariga faqat 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.
3. "Andijon". 3 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 5:7
"Andijon" "Neftchi"ni ikki o‘yinda ham 2:1 hisobida taslim etdi. "Navbahor"ni esa uyida 1:0 hisobida yutib, mehmonda 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. "Qo‘qon-1912" bilan har ikki uchrashuvda ham jamoa ochkosiz qolib ketdi - 0:2 va 0:1.
2. "Qo‘qon-1912". 3 g‘alaba, 1 durang, 2 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 8:9
Qo‘qonliklar "Andijon"ni ikki uchrashuvda ham mag‘lubiyat ko‘chasi sari etaklashgan bo‘lsa, "Neftchi" bilan o‘yinlarda mezbondagi jamoalar ustun kelishgan. "Navbahor" bilan Qo‘qonda durang o‘ynab, Namanganda yirik 1:5 hisobida taslim bo‘lgan "Qo‘qon-1912" Vodiy jamoalaridan 10 ochko olgan.
1. "Navbahor". 3 g‘alaba, 1 durang, 2 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 10:5
Vodiy jamoalarining o‘zaro to‘qnashuvlarida eng yaxshi natijani "Navbahor" qayd etdi. "Andijon", "Qo‘qon-1912" va "Neftchi" Namangandan quruq qaytishgan. O‘z o‘rnida "lochinlar" safardaa faqatgina Qo‘qonliklardan ochko ola bilishgan. Yuqoridagi uchta klubning ham to‘plar nisbati "-"da o‘lsa, "Navbahor"da bu ko‘rsatkich +5 ni tashkil etgan.
Afsuski Vodiyning 4 ta jamoasidan hech biri turnir jadvalida "kuchli o‘nlikka" ham kira olishmadi. "Neftchi" - 11, "Qo‘qon-1912" - 12 o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Navbahor" 15-pog‘onani band etib, o‘tish o‘yinida maydonga tushadigan bo‘ldi. "Andijon" jamoasi esa Oliy liga bilan xayrlashdi va kelasi mavsumda Birinchi ligada harakat qiladi.
Furqat Yusupov tayyorladi

Fikrlar