WSB: Ertaga O‘zbekiston va Qozog‘iston bokschilari o‘rtasida superjang bo‘ladi
The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" va "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari uchrashuv oldidan musobaqa supervayzeri Rey Silvas o‘z fikrlarini bildirdi.
- Ertaga bizni ajoyib uchrashuv kutmoqda, - dedi Rey Silvas. - Mezbonlar - "Astana Arlans Kazakhstan" jamoasi Butunjahon boks seriyalarining ikki karra g‘olibidir. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari esa Rio Olimpiadasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab, ulkan yutuqqa erishdi. Bu ikki buyuk jamoa ertaga o‘zaro kuch sinashadi. Men ana shunday uchrashuv supervayzeri bo‘lganimdan mamnunman.

"Uzbek Tigers" va "Astana Arlans Kazakhstan" bokschilari bungacha ikki marotaba kuch sinashishgan. O‘tgan yili Toshkentda bo‘lgan bahsda hamyurtlarimiz 4:1 hisobida zafar quchgan. Qozog‘istondagi bellashuv esa huddi shu hisobda mezbonlar foydasiga hal bo‘lgan.

Fikrlar