Xitoyliklar La Liga grandlaridan birini sotib olishga yaqin turishibdi

  • 07.12.2018 09:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning "Sevilya" klubi tez orada xitoylik investorlar tasarrufiga o‘tishi mumkin. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar ayni damda bu borada o‘zaro muzokaralarning yakuniy bosqichiga kelishgan. Ma’lumotlarga qaraganda ushbu xarid osiyolik investorlarga taxminan 300 mln evroga tushishi aytilmoqda. Biroq, xo‘jayinlar almashgani bilan andalusiyaliklarning hozirgi rahbariyati o‘z o‘rnini saqlab qolishni ham rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, “Sevilya” ayni damda La Ligada “Barselona”dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!