Yana 5 ta gol… Yoxud “Napoli” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

  • 6 aprel, 2017, 00:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” futbolchisi Marek Gamshik jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishi uchun yana 5 ta gol etmay turibdi. Xali oldinda o‘yinlar etarli va biz shu munosabati bilan Neapol klubi safida eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar bilan sizlarni tanishtirishini maqsad etdik.

Tecno

Mourinoning talabiga javob bermagan “10 yulduz”

APL hujumchilari bitta golni necha daqiqada kiritishadi?

Legionerlarimiz. Yurtdoshlarimizning dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlari haqida

5. Antonio Voyak – 103 ta gol

1929-1935 yillarda “Napoli” jamoasida to‘p surgan Voyak jamoa safida 196 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 103 marta ishg‘ol etgan. Statistikaga e’tibor qiladigan bo‘lsak, Voyak neapolliklar safidagi har ikki uchrashuvning birida gol kiritib kelgan.

>>Xalqaro Chempionlar kubogi turniri haqida

4. Edinson Kavani – 104

“PSJ” jamoasi forvardi 2010-2013 yillarda Neapol klubi safida to‘p surgan va 3 yil ichida 138 ta o‘yin o‘tkazgan “El Matador” 104 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga erishgan. Bir narsa aniqki, urugvaylik futbolchi yana yarim mavsum jamoada qolganida, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar aynan u bo‘lar edi.

>>“Sevilya”ning qimmatbaho sotuvlari

3. Attila Sallustro – 108

1926-1937 yillarda to‘p surgan Sallustro raqiblar darvozasini 108 marta ishg‘ol etgan. Unga buncha gol kiritish uchun esa 266 uchrashuv kerak bo‘lgan. Attila jamoa gvardiyachilari orasida ham top-10 likka kiradi.

>>Ishsiz yurgan top murabbiylar

2. Marek Gamshik – 111

Marek “Napoli” sharafini 2007 yildan beri himoya etib kelmoqda. “San-Paolo” stadionida o‘ninchi mavsumini o‘tkazayotgan tarjribali futbolchi bu vaqt davomida jamoaga sodiqligini bir necha bor ko‘rsatdi. Slovakiyalik futbolchiga “Yuventus”  va xatto APLning grand klublaridan taklif lar tushdi, biroq u Kavani va Iguaindan farqli o‘laroq taklfilarni rad etib, “Napoli”da qolishga qaror qildi. Jamoa safida ikki bor Italiya kubogi va bir bor Superkubogida g‘olib chiqqan slovakiyalik futbolchi raqiblar darvozasini 111 marta ishg‘ol etgan.

>>“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi

1. Diego Maradona – 115

1984 yil 10,48 mln evroga “Napoli”ga olib kelingan Maradona jamoa safida 1991 yilga qadar “San-Paolo” stadionida to‘p surgan. Argentinalik futbol daxosi ikki bor A Seriyada g‘alaba qozonadi va bir martadan Italiya kubogi, Superkubogi va UEFA kubogini qo‘lga kiritadi. Hozircha esa, Maradona “Napoli” tarixida birinchi… Ammo yana Gamshikning 5 ta golidan so‘ng…

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!