Yangi Zelandiya murabbiyi rekord o‘rnatdi
Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etayotgan Yangi Zelandiya termasi bosh murabbiyi Entoni Patrik Xadson ushbu turnir tarixidagi eng yosh murabbiyga aylandi.
U bugungi kunda 36 yosh 3 oyni qarshi olgan. Bundan oldingi rekord esa 1995 yilda qayd etilgan. O‘shdan, Nigeriya terma jamoasini 36 yosh 263 kunlik Shaib Amodu boshqargan edi.
Qayd etish joiz, Xadsonning jamoasi ochilish o‘yinida Rossiya termasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar