Yapon futbolchisi La Ligani Bundesligaga almashtiradimi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning “Sevilya” klubi yarim himoyachisi Xiroshi Kiyotake faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Kicker nashrining ma’lum qilishicha 27 yoshli yaponiyalik futbolchini Berlinning “Gerta” klubi ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Biroq, andalusiyaliklar Kiyotakeni to‘liq sotib yuborish niyatida. Qit’adoshimizga shuningdek “Deportivo” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Kiyotake ushbu mavsum “Sevilya” tarkibida 9ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Avvalroq boshqa bir yaponiyalik futbolchi – Keysuke Xondaning “Milan”dan “Uotford”ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!