Yapon futbolchisini AQShga chorlashmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Keysuke Xonda faoliyatini AQSh chempionatida davom ettirishi mumkin. Sounderatheart nashrining xabar berishicha Yaponiya terma jamoasi a’zosiga "Sietl Saunders" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 
Ta’kidlash kerakki, "rossonerilar" bosh murabbiyi Vinchentso Montellaga ham Xondaning xizmatlari kerak emasga o‘xshaydi. Aks holda u yaponiyalik futbolchini A Seriyaning bor yo‘g‘i 5ta uchrashuvida maydonga tushirmagan bo‘lardi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Xonda "Milan"ga 2014 yilda Moskvaning TsSKA klubidan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!