Yosh tennischimiz Misr kortlarida kurashga kirishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Misrning Kair shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini boshladi. Mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda hamyurtimiz bugun juftlik bahslarida kurashga kirishdi.

Misrlik Omar Elkadi bilan duet hosil qilgan yosh tennischimizga ilk davrada Fabritsio Ornago(Italiya)/Fernando Romboli(Braziliya) dueti raqibklik qildilar.

58 daqiqa davom etgan bellashuvda tajriba o‘z so‘zini aytdi va braziliyalik hamda italiyalik tennischilardan tarkib topgan duet 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Sergey va uning sherigi Omar uchun ushbu turnirning juftlik bahslari o‘z nihoyasiga etdi.

16 yoshli tennischimiz ertaga yakkalik bahslarida ilk davrada chexiyalik Alessandro Richchiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!