
Zerikarli o‘tgan Daniya - Frantsiya bahsida hisob ochilmadi
Hozirgina Moskvadagi “Lujniki” stadionida JCh-2018ning “S” guruhidan o‘rin olgan Daniya hamda Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Biroz zerikarli kechgan o‘yinda hisob ochilmadi – 0:0. E’tiborlisi, ushbu o‘yin JCh-2018dagi ilk golsiz yakunlangan o‘yin bo‘ldi.
Daniya – Frantsiya 0:0 (0:0)
26 iyun «Lujniki»
Daniya – Shmeyxel, Kristensen, Ker, Larsen, Yorgensen, Eriksen, Dileyni (Lerager, 90), Sisto (Fisher, 60), Dalsgor, Breytueyt, Kornelius (Dolberg, 75).
Frantsiya – Mandanda, Varan, Sidibe, Lyuka Ernandes (Mendi, 50), Kimpembe, Nzonzi, Kante, Lemar, Dembele (Mbappe, 78), Grizmann (Fekir, 68), Jiru.
Ogohlantirishlar: Yorgensen (45).
Fikrlar