Zidan "Yuventus"da Ronaldu bilan birga faoliyat yuritadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini Turinning “Yuventus” jamoasida davom ettiradi. Frantsiyalik mutaxassis bu klubda sport direktori lavozimini egallaydi, deya xabar beradi libertaddigital.com.

Manabada yozilishicha, 46 yoshli mutaxassis bilan kelishuvga erishilgan va u bu erdagi ishini oktyabr oyida boshlaydi.

Zidanning bu qaroriga Ronalduning “Yuventus”ga o‘tganligi ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Portugaliyalik futbolchi Zidan bilan uch marta EChLda bosh sovringa ega chiqqan.

Shuningdek, o‘z vaqtida Zidan “Yuventus” safida besh yil faoliyat yuritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!