A Seriya. "Napoli" autsayder jamoani qiyinchiliksiz engdi
Kecha Italiya A Seriyasining 23-turida “Benevento” mehmoni bo‘lgan “Napoli” raqibi darvozasiga javobsiz 2ta to‘p yo‘llab, ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, ushbu g‘alabadan so‘ng neapolliklar o‘z ochkolari sonini 60taga etkazib olishdi va musobaqadagi peshqadamliklarini yanada mustahkamlashdi.
“Benevento” – “Napoli” 0:2 (0:1, 0:1)
4 fevral «Chiro Vigorito»
Gollar: 0:1 – 20 Mertens, 0:2 – 47 Gamshik.
“Benevento” – Pujoni, Letitsia, Gimsiti, Kosta, Venuti, Sandro (Del Pinto, 83), Brinola (Koda, 63), Kataldi, Jurichich (Memushay, 68), D'Alessandro, Gilerme.
“Napoli” – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Mariu Ruy, Allan, Jorjino (Diavara, 78), Gamshik (Zelinski, 70), Kalexon, Mertens (Rog, 76), Insine.
Ogohlantirishlar: Gimsiti (73).

Fikrlar