A Seriya. "Roma" mehmonda ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
A Seriya 19-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Roma" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 2:0 hisobida raqibidan ustun keldi.
Gollarga El-Shaaravi hamda Abraxam mualliflik qildi.
Shu tariqa, "bo‘rilar" hisobidagi ochkolari sonini 37 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida 4-o‘rinni band etib turibdi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bellashuvda zaxirada qoldirildi.

Fikrlar