
A Seriyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
A Seriya 2023/2024 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
Ushbu sovringa "Inter" forvardi Lautaro Martines loyiq, deb topildi. Turnirning eng yaxshi futbolchisi joriy mavsum Italiya chempionati doirasida 24 ta gol urib, musobaqa to‘purarga aylandi.
Bundan tashqari, eng yaxshi yosh futbolchi ham aniqlandi. Mazkur nomga "Bolonya" a’zosi Joshua Zirkzee munosib, deb topildi.
Fikrlar