Abramov: Bizda Odil Ahmedovning o‘rnini bosa olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bor

  • 25 mart, 2021, 14:21
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 26 mart kuni O‘zbekiston va Gana terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin 18:00 da start oladi.

Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Uning ikkinchi qismida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

-Agar yozgacha Odil Ahmedov yig‘inga chaqirilmasa, terma jamoa o‘yini kimning asosida quriladi?

"To‘g‘ri, Ahmedovning yo‘qligi muammo tug‘dirishi tabiiy. U deyarli bir yildan beri o‘yin amaliyotisiz qolmoqda. Bilishimcha, uning shartnomasi bor va umid qilamanki, iyungacha u maydonga tushadi va o‘z formasini qayta tiklab oladi. Bizda uning o‘rnini bosa olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bor.

Biz Koreyadagi legionerlarimizni ham ushbu yig‘inga jalb eta olmadik. Ularda qat’iy pandemiya qoidalari amalda va futbolchilarimiz harakat qilayotgan jamoalar bizga ularni qo‘yib yubormaydi.

Markazda harakat qilishi mumkin bo‘lgan Aliboev og‘ir operatsiyadan keyin endigina tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. U bilan gaplashganimda, hammasi yaxshiligini aytdi. Shuningdek, Iskanderov ham bizga yordam berishi mumkin edi. Ammo unda ham o‘yin amaliyoti kam. Qo‘shimchasiga, Aziz G‘aniev ham yarim yilga safdan chiqqan".

Otabek Shukurov: Kimning holati yaxshi bo‘lsa, o‘sha terma jamoada o‘ynaydi

Vadim Abramov tarkibda yuz bergan o‘zgarishlarni izohladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
25/03/2021 20:01
Urtaga Odil Hamrabekov. Aziz Ganiev. Otabek Shukurob. kelajak shulani quliga.
TV TV
25/03/2021 16:33
Карленович ты уже надоел. Сборную в игрушку превратил. Ты что сборная от твоего отца осталось чтоли. Ты ебанутый чтоли. Кто заменит данное время Ахмедова. Или он тебе деньги ни дал чтобы позвать в сборную. Его хотят видеть у себя такие команды как Лиль, сильные арабские команды и другие. Я лично не верю в тебя. Сборная с тобой не сможет выйти ЧМ. У тебя старая мысль. У тебя нету никакой тактики и придуманных какого либо плана. Ты только используешь своих любимчиков.