Abraxam – chaqmoq, Dzanolo – dovul, Shomurodov qanday baholandi?

  • 19 dekabr, 2021, 09:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 18-turining markaziy uchrashuvlaridan biri Bergamoda – Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda o‘zaro raqobatchi hisoblangan “Atalanta” va “Roma” o‘rtasida bo‘ldi.

Tecno

Bu uchrashuvda Joze Mourino shogirdlarini to‘xtatishni umuman imkoni bo‘lmadi. O‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘p tepgan bergamoliklar poytaxt klubining hujum chizig‘i qarshisida ojizligini tan olishga majbur bo‘ldi.

Darhaqiqat, “Atalanta”ga o‘z uyida 1:4 shaklidagi yirik hisobda mag‘lub bo‘lish ancha alamli bo‘ldi. “Roma” esa Joze Mourino qanday jamoa qurayotganini bir ko‘rsatib qo‘ydi.

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.calciomercato.com nashri “Roma” futbolchilarining xatti-harakatlarini baholab, ularga o‘z izohini berdi.

1000_545_1639843261-2347

Ruy Patrisio, 6 ball:

Darvozani mustahkam qo‘riqladi. Ehtiyotkorlikni unutgani yo‘q. To‘plarni raqib hujumchilaridan avvalroq egallashga harakat qildi.

Janluka Manchini, 6.5 ball:

Tajribali Ruy Patrisioga katta yordam berdi. Ayniqsa, xavfli vaziyatlarni bartaraf etish, jamoadoshlarini hissiyotga berilib ketmasliklarini, xotirjamlikning yo‘qotilmasligini nazorat qilib turdi.

Kris Smolling, 7.5 ball:

Raqib hujumchisi Duvan Sapataga o‘yin bermadi, doim undan tezkor va oldin harakat qildi. Gol urib, “Roma”ning g‘alabasini ta’kiladi. Mahoratini to‘la namoyish qila oldi.

Rojer Ibanes, 7 ball:

Duvan Sapataga biriktirilgan himoyachi o‘z vazifasini to‘liq uddaladi. Kolumbiyalik hujumchining harakatlarini cheklab qo‘ldi. Bergamoliklar jarima maydonchasi ichida erkin harakat qila olmadi.

468648

Rik Karsdorp, 6.5 ball:

Qanotda faol o‘ynashdan tashqari, maydon markazida ham o‘zini ko‘rsatdi. Ham himoya, ham hujumdagi mahoratini namoyish qildi. Jamoaviy o‘yinda o‘z o‘rnini topib bormoqda.

Jordan Veretu, 6.5 ball:

Veretu jarima zarbalarini kutilganidek ijro qilolmadi, tajribali Juzeppe Petstsellani to‘liq yopolmadi, lekin jamoasining ikki goliga assistentlik qilgan boshqa barcha kamchiliklarini yuvib yubordi.

Brayan Kristante,  6 ball:

Himoyada “Atalanta” futbolchisi Remo Floreyga qarshi o‘ynadi. Mezbonlarning birinchi golida to‘p unga tegib darvozaga kirib ketdi. Ikkinchi vaziyatda ham Kristante raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Biroq, hisobni tenglashtirgan gol VAR tomonidan bekor qildi.

Genrix Mxitaryan, 6.5 ball:

Jamoa sardori va etakchi pleymeykeri Lorentso Pellegrini yo‘qligida “Roma” hujumlarini tashkil qilish bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. Bergamodagi o‘yinda ham bu vazifani uddaladi. Jamoadoshlarini aniq paslar bilan ta’minlab turdi.

Matias Vina, 6.5 ball:

Jamoasi uchun foydali o‘ynadi. Himoyada mustahkam turdi.

Nikolo Dzanolo, 7.5 ball:

Yana kerakmas joyda sariq kartochka oldi. Juda faol harakat qildi. O‘z hisobiga golli pas va bitta gol yozib qo‘ydi. “Atalanta” himoyasiga dovuldek yopirildi.

Eldor Shomurodov, 6.5 ball:

Shomurodov 70-daqiqada Nikolo Dzanolo o‘rniga o‘yinga qo‘shildi. Bir so‘z bilan aytganda, kerakli vaqtda paydo bo‘ldi va jamoasining hujumdagi imkoniyatlarini kengaytirdi, bosimni kuchaytirdi. Rimliklarning to‘rtinchi golida Eldorning xizmati katta bo‘ldi. U bir urunishda ikki raqib o‘rtasidan to‘pni Veretuga etkazib berdi. Frantsiyalik futbolchining zarbasi himoyachi tegdi. Payt poylab turgan Temmi Abraxam bu “sovg‘a”ni uvol qilmadi.

Temmi Abraxam, 8 ball:

Angliyalik hujumchi raqib himoyasini yorib tashladi. Bu uchrashuvda chaqmoqdek tezkor bo‘ldi. Bir juft gol urib, “Atalanta”  o‘yinchilari uyaltirdi.

1639842982_ata

Joze  Mourino, 6.5 ball:

 Nihoyat, o‘zidan kutilgan o‘yinni shakllantira olganini ko‘rsatdi. Tarkib tanlashda va zaxira kuchlaridan o‘z vaqtida foydalanishda adashmadi. “Roma”ga bo‘lgan ishonchni qaytardi.

Shomurodov golga hissa qo‘shgan g‘alabadan so‘ng Mourino katta gapirib qo‘ydi!

Shomurodov va Abraxamga “Chelsi” yulduzi yordam beradi!

 Bu futbolchi Shomurodovning o‘rnini tortib oldi!

Legionerimiz eng zo‘r futbolchilar qatorida!

O‘zbek legioneri katta summaga transfer qilinadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Xalimjon Madaminov
19/12/2021 10:53
ЭЛДОР ТУП УЧИН ЯККА КУРАШЛАРДА ХАМ ТАЖАВУЗКОР БУЛСА АЛБАТДА УЙИНЛАРИ ТОБОРА ЯХШИ БУЛИБ БОРАДИ ШОМУРОДОВГА КАТТА ОМАТ ТИЛАЙМИЗ УЗБЕК ФУТБОЛИМИЗНИ ФАХРИ ГОЛЛАР УРИБ БИЗ МУХЛИСЛАРНИ ХУРСАНД КИЛАДИ АЛБАТДА.
SIROJ BO'RIYEV
19/12/2021 10:34
Shomani Maur hurmat qiladi va qanday hujumchi ekanligini biladi bilasalaring Maur qaysi klub murabiy bòlsa birinchi bòlib ózi yoqtirgan futbolchilarni transfer qilishini soraydi bitta misol romada Abrihim Roma tarixidagi eng qimmat transfer patrisyo Bizdi SHoma ham ular qatorida ming Shoma zahirada òtirsa ham bu u uchun biz xalq uchun ham yutuq