
Bu futbolchi Shomurodovning o‘rnini tortib oldi!
“Roma” tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan biri Roberto Prutstso jamoa hujumchisi Borxa Mayoralning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
- Mening fikrimcha, jamoadagi raqobat uning foydasiga ishlay boshladi. Hujumchilar ierarxiyasi tez-tez o‘zgarib turadi. Borxa avval Mourino jamoasida uchinchi hujumchi edi. Hozir ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Tez orada “Roma”ning asosiy hujumchi mavqeini qaytarib olishi mumkin, - dedi Roberto Prutstso.
Darhaqiqat, “Roma”na Eldor Shomurodov kelganidan keyin jamoaning asosiy to‘purari bo‘lgan Borxa Mayoral zaxirada o‘tirib qoldi. Temmi Abraxam transferidan keyin o‘zbek hujumchisi ikkinchi planga o‘tdi.
Joze Mourino keyingi paytda Eldor Shomurodov o‘rniga ikkinchi hujumchi sifatida Borxa Mayoralni o‘ynata boshladi. Avvalroq, “Real” ijaradagi tarbiyalanuvchisi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani uchun Borxani muddatidan oldin qaytarib olmoqchi edi. Endi vaziyat ispan hujumchisi foydasiga o‘zgarib bormoqda.
Shu o‘rinda, Roberto Prutstso va Eldor Shomurodov faoliyatidagi o‘xshash jihatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Roberto Prutstso ham A Seriyadagi ishtirokini “Jenoa”da boshlagan. Keyin Genuya klubidan “Roma”ga o‘tgan. Rimdagi faoliyati ancha samarali bo‘ldi va 240 ta uchrashuvda 106 ta to‘p kiritishga erishdi.
Shomurodov ham “Jenoa”da o‘ynab, o‘tgan yoz “Roma”ga transfer qilinganidan xabaringiz bor.
“Roma” ukrainalik futbolchi uchun 20 million evro taklif qildi
“Roma” Ukraina terma jamoasi va “Dinamo Kiev”ning chap qanot himoyachisi Vitaliy Mikolenko transfer qilishni istamoqda.
Rimliklar iste’dodli futbolchi uchun kievliklarga 20 million evro taklif qildi. Biroq, bu summa “Dinamo” rahbariyatini qoniqtirgani yo‘q. Chunki, “Everton” Mikolenko uchun 23,5 million evro to‘lashga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Dinamo” mutasaddilar Mikolenko transferi bo‘yicha har ikki klub bilan muzokara o‘tkazib, yakuniy qarorni yanvar oyida e’lon qiladi.
23 yoshli Vitaliy Mikolenko joriy mavsumda Ukraina chempionatida 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
“Roma”ga vaqt kerak
“Roma” tarixidagi eng yorqin o‘yinchilardan biri Daniele De Rossi jamoa yuqori nufuzli sorvinlarga da’vogarlik qiladigan daraeaga etish uchun qancha vaqt kerakligini taxmin qildi.
- “Roma”ning cho‘qqiga qaytishi uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Mourino hammasini eplashiga aminman. O‘zim ham Mourinodek murabbiy qo‘l ostida to‘p tepishni istardim.
Joze Xosep Gvardiola, Diego Simeone, Yurgen Klopp va Karlo Anchelotti kabi mahoratli murabbiylar bilan bir qatorda turadi. Har qanday o‘yinchi vaqtini bu murabbiylar bilan o‘tishini orzu qiladi. Yutuqlar ham g‘alaba qozonishni biladiganlarni kutadi. Mourino aynan shunaqa mutaxassis, - dedi Daniele De Rossi.
“Roma”ga kamxarj futbolchi kerak
“Roma” yangi transferlarni amalga oshirishda futbolchilarning kelishi katta mablag‘ talab qilmaydigan variantlarga urg‘u bermoqda.
Joze Mourino e’tiboriga tushgan o‘yinchilar orasida Florian Grillichni ana shu toifaga kiritish mumkin. Rimliklar 26 yoshli yarim himoyachini yanvarda xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Grillichning “Xoffenxaym” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Rimliklarda uni arzonroq narxda qishda xarid qilish imkoni bor.
“Roma” mutasaddilari ro‘yxatida “Bavariya” vakillaridan Korenten Tolisso va Mark Roka ham bor. 25 yoshli Rokani olish u qadar muammo tug‘dirmaydi. Tolisso yozda erkin agentga aylansa-da, uning katta maosh talab qilishi rimliklarga ma’qul kelmayapti.
Fikrlar