Afif: "Chempionlik yo‘lidagi eng qiyin raqib bu O‘zbekiston edi"

  • 11.02.2024 22:24
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida turnir mezbonlari chempionga aylandi. Jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri, finalda xet-trik amalga oshirib, chempionatning eng yaxshi futbolchisiga aylangan Akrom Afif Iordaniyaga qarshi o‘yindan keyin jurnalistlarning ayrim savollariga javob berdi. 

Jurnalist: 

- "Akrom, sen turnir davomida qaysi terma jamoaga qarshi o‘yinda qiynalding. Chempionlik yo‘lidagi eng qiyin raqib qaysi edi?"

Afif:

- "Menimcha, bu O‘zbekiston edi".

IMG_7147

Terma jamoamiz chorak final bosqichida Tintin Markes shogirdlariga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchradi. 

Ma’lumot uchun, Afif Osiyo kubogidagi har bitta o‘yinda kamida bittadan golda ishtirok etdi. Ammo u O‘zbekistonga qarshi bahsda hech narsa qila olmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sports 55
12/02/2024 02:14
Демак , Узбекистон хаммадан куп пул сураганми шунда