Afsus! Ronaldu haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi

  • 30 dekabr, 2022, 00:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan klubdan taklif olgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi. 

"GOAl" nashrining mintaqaviy seriyasi bilan hamkorlik qiluvchi arab jurnalisti Muhammad Al-Kaabi 28 dekabr kuni "ESPN" xodimining ma’lumotiga tayanib, 37 yoshli portugaliyalik va uning agenti Jorje Mendesh "Al-Nassr" bilan muzokaralarni to‘xtatgani haqida aytgandi. 

Keyinroq, Al-Kaabi ushbu informatsiya xato bo‘lganini aytdi: "Jurnalist uzr so‘radi. U "ESPN" bilan emas, aksincha, mustaqil ishlaydi. Qanday bo‘lmasin Ronaldu EChLda ishtirok etayotgan klubdan taklif kutmoqda. Yana bir bor noto‘g‘ri ma’lumot uchun uzr so‘rayman". 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!