Agar shunday qilinsa, Ronaldu tamoman “sinadi”!

  • 22.11.2022 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klub rahbariyati va bosh murabbiyini matbuot orqali tanqid qilgan Krishtianu Ronalduni ancha qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin.

Ayni paytda har ikki tomon yuristlari o‘rtadagi hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha ish olib bormoqda. Manchesterliklar portugaliyalik futbolchi klubdan ketishi va hech qanday kompensatsiya talab qilmasligini istayapti.

Agar Ronaldu o‘z pozitsiyasidan voz kechmasa, klub rahbariyati uni o‘rinbosarlar tarkibiga o‘tkazadi va shartnomasining oxirigi kunigacha yoshlar jamoasida qolishga majbur qiladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.

Birinchi jamoada zaxirada qolayotganini hazm qila olmayotgan portugaliyalik yulduz uchun o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynash faoliyatining “sinishi” bilan barobardir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!