
Alberto Moreno yana "Sevilya"ga qaytmoqchi
Yaqindagina shartnomasi yakunlanib, erkin agent sifatida “Liverpul”ni tark etgan himoyachi Alberto Moreno yana "Sevilya"ga qaytishni xohlamoqda.
“Uyga qaytish va o‘z muxlislaring qarshisida futboldan zavq olish ajoyib bo‘lar edi. Menga “Sevilya” ustozi Xulen Lopetegi yoqadi. U Evropa chempioni bo‘lgan Ispaniya yoshlar terma jamosining haqiqiy yuragi edi”, - deydi Moreno.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi asli “Sevilya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U andalusiyaliklar safida 2011-2014 yillarda to‘p surgan va 45ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.
Fikrlar