Alisher Qodirov "So‘g‘diyona" klub nomi va logotipini o‘zgartirishni taklif qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Biroz futbol haqida…

Jizzax jamoasining ashaddiy muxlisiman. "Nasaf"ni esa yaxshi ko‘raman, zo‘r jamoa.

Bir paytlar Qashqadaryoda futbolni fundamental rivojlantirish uchun rahmatli Nuriddin Zaynievning qilgan ishlarini Ergash Saliev Jizzaxda endi qilyapti. Futbolni yaxshi ko‘radigan va shu yoshda ham shaxsan futbol o‘ynaydigan amaldagi hokimni men tanimayman. Futbol Jizzaxda fundamental rivojlanyapti, bu fakt. Lekin hozircha ortdamiz, 1:2.

Ulug‘bek Baqoevga esa mahalliychilik qilish emas, mahalliy qobiliyatlarni ko‘proq tarbiyalashni maslahat beraman. Jizzaxda yosh qobiliyat bitta Xalilov ko‘rinayapti. "Nasaf"dagilarni esa sanab tugatib bo‘lmaydi… Bugun chempion bo‘lolmasmiz, ertaga da’vogar bo‘lishimiz uchun yagona yo‘l shu!

Yana bir gap. "So‘g‘diyona" degan nomning Jizzaxga umuman aloqasi yo‘q. Bu Samarqand hududidagi qadimgi davlat. Jizzax bu hududga hech qachon taalluqli bo‘lmagan. Jizzax qadimgi Ustrushona davlatidagi Duzark edi.

Jamoaning nomini "Jizzax" deb o‘zgartirish kerak. Bu viloyatni samarali reklama qilish uchun ham tayyor piar resurs, masalan, Milan, Manchester, Lester, Marsel. Turkiyadagi hatto mahallalar nomini ham dunyoda yaxshi bilishadi: Galatasaroy, Beshiktosh, Fenerbaxche.

Bu masala, Jizzaxni bu yilda ilk bor xalqaro turnirda ishtirok etishi hisobga olinsa, ayni muddao.

Logotip masalasida…
Bo‘ri va "Roma" - bu qadimiy rivoyatga tayanadi. Lekin bo‘ri va Jizzax, juda beo‘xshov. O‘ylashimiz kerak. "Yuventus"nikiga o‘xshagan Jizzax viloyatining logotipi juda zo‘r chiqqan, aslida, nega shu logo ishlatilmaydi - aniq, mashhur va tushunarli. "Yuventus"dek bo‘lib ketarmidik.

Umuman olganda, O‘zbekistonda futbol o‘zgardi. Tomoshabop va adolatli o‘yinlar ko‘paydi. Men shaxsan hamma o‘yindan zavq olyapman.

Jamoalarni tezroq xususiylashtirsak va islohotlarni shu shaklda davom ettirsak, jiddiy natijalar uzoqda emas", - dedi "Milliy Tiklanish" demokratik partiyasi MK raisi Alisher Qodirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nasaf Qarshi
13/05/2022 22:54
Яхши макола, лекин Жиззах кандайдир жамоа номига чиройли чикмайдигандек. Булмаса жамоага янги ном топиш керак, мисол учун Насаф яхши ном топилган, Жиззахда хам шунга ухшаш жарангдор обруйли ном топса булар, янги ном топиш учун суровнома утказиб куриб овозга куйиш керак,
&
Nasaf Qarshi
13/05/2022 22:51
Сугдиена качонки футбол уйнаса кучайиши мумкин, жантажлик билан натижага эришиб булмайди, Бакоев жуда ман мансираб кетаяпти шекилли, сал у бола узини босиб олиш керак, булмаса вакт келади босилиб колади!
Ал-химик
13/05/2022 15:35
Ийи, шу одамданам ақлли гаплар чиқаркан..... Молодец брат, газни босинг