
"An-Nasr" frantsiyalik darvozabonni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
Bir qancha yulduzlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olshni rejalashtirgan "An-Nasr"ning radariga "Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris tushdi. Frantsiyalik posbon yozda erkin agentga aylanishi kutilmoqda. Riyodliklar unga taklif tayyorlamoqda, deya xabar berdi "Foot Mercato" nashri.
Loris Frantsiyaga ham qaytishi mumkinligi haqda mish-mishlar tarqalgandi. Uning ketishini bilgan "Tottenxem" esa yangi darvozabon sotib olmoqchi. "Shporlar" ushbu pozitsiyani to‘ldirish uchun "Brentford"dan Daid Rayya transferini amalga oshirishga harakat qilib ko‘radi.
"An-Nasr" Lorisdan tashqari, Buskets va Jordi Alba kabi futbolchilarga qiziqmoqda.
Fikrlar