Ana xolos: “Barselona” Mbappening “Real”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas!
Qishki transferlar boshlanishi arafasida Kilian Mbappe atrofidagi vaziyat ham taranglashib bormoqda.
25 yoshli hujumchining PSJ bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Yanvar oyining ilk kunidan har qanday klub Mbappe bilan muzokaraga kirishishga tayyor.
Ko‘pchilik Mbappe yozda erkin agent sifatida “Real”ga ko‘chib o‘tishini kutyapti. Biroq “Barselona” bunga to‘sqinlik qilmoqchi.
Mundo Deportivo nashri “Barselona” rahbariyati hujumchi uchun kurashga qo‘shilgani haqida axborot tarqatdi.
Transfer bo‘yicha tahlilchilar kataloniyaliklarga Mbappeni olib kelish qiyin bo‘lishini ta’kidlamoqda. Chunki “Barselona”ning moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan va qimmatbaho o‘yinchining talablarini ko‘tara olmaydi.
Kataloniyaliklar esa, Mbappe olish uchun uning xizmat haqini to‘lash yo‘lini topishi va bu masalani tezroq hal qilishi kerak.

Fikrlar