
Ana xolos! Floran Maludani hech qanday ogohlantirishsiz ishdan bo‘shatishdi
Shveytsariyaning "Tsyurix" klubi frantsiyalik mashhur futbolchi Floran Maluda bilan kelishuvni bekor qildi.
"Tsyurix" klubi rasmiy saytida yozilishiga amaldagi shartnoma ikkala tomonning roziligi bilan bekor qilingan. Biroq, ushbu xabarni o‘qigan futbochi bundan hayratga tushgan. Chunki, Maluda bu haqda umuman xabardor bo‘lmagan.
Ta’kidlash kerakki, 38 yoshli futbolchi joriy yilning 1 martidan boshlab jamoa murabbiylar shtabida ish boshlagan edi.
Ma’lumot uchun, Floran Maluda faoliyati davomida "Shatoru", "Gengam", "Lion", "Chelsi", "Trabzonspor", "Metts", "Deli Dinamo", "Vadi Delyu" va "Differdanj" kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar