
Ana xolos! Ronaldu shov-shuv ko‘targan intervyusi uchun million funt jarima to‘lashi mumkin
"Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronalduning shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu link ostidagi intervyusini o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Unda hujumchi Pirs Morgan bilan suhbatda ko‘plab dolzarb va klubga qarshi keskin fikrlarni bayon qilgan.
"MetroUK" nashrining xabar berishicha, Ronaldu mazkur intervyusi uchun klub tomonidan jarimaga tortilishi mumkin. Jarima summasi 1 million funt sterling etib ko‘rsatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, bu Krishtianuning ikki haftalik maoshiga teng degani.
Fikrlar