
Anchelotti: Go‘yo "Barsa" mudofaasida devor bor edi
"Barselona" va "Real" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsi Xavi shogirdlarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Dembele 15-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Lopes 85-daqiqada oradagi farqni ikkitaga oshirdi. So‘nggi daqiqalarda Ferran hisobni yiriklashtirib qo‘ydi.
Bellashuvdan so‘ng "qirollik klubi" ustozi Karlo Anchelotti uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Bir uchrashuvda 5 ta to‘sin... Bu juda kam uchraydigan holat. Ko‘p imkoniyatlarn qo‘ldan boy berdik. Go‘yo "Barselona" mudofaasida devor bordek edi", - dedi "Real" ustozi.
Fikrlar