Anchelotti: "Ispaniyadan yuqori natijalar kutilgandi..."

  • 8 dekabr, 2022, 20:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya terma jamoasining mundialni erta tark etgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bu katta ishonchsizlik. Jamoa yosh bo‘lishiga qaramay, ulardan yuqori natija kutilgandi. 

Luis Enrike uchun ajoyib lahzalar emasligini bilib turibman. Biroq u mag‘lubiyatdan oldingi bahsda ham tanqid qilingandi", - dedi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finalida Marokashga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Luis Enrike jamoa musobaqadan chiqib ketganidan so‘ng bosh murabbiylikdan ozod etildi. Uning o‘rnini Luis de la Fuente egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!