
Anchelotti “Real”dan ketishga qaror qildi
“Real”ni 2021 yildan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etadigan bo‘ldi.
Onda Cero nashrining ma’lum qilishicha, italiyalik mutaxassisning Madriddan ketish qarori qat’iy. Anchelotti “Real” mavsum oxirida sovrinlarga ega chiqqan taqdirda ham jamoa boshqaruvini topshiradi.
Aslida tajribali mutaxassisning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha amal qilishi belgilangan. Biroq Anchelotti klubdan muddatidan avval ketishni istayapti.
Anchelotti qo‘l ostida “Real” ikki marotaba Ispaniya chempioni bo‘ldi, Evropa Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Hozircha, Karlo Anchelotti “Real”ni tark etganidan keyin faoliyatini qaerda davom ettirishi bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q. Ayrim mutaxassislar uning Saudiya Arabistoniga yo‘l olishini taxmin qilyapti.
Fikrlar