Anchelotti “Real”ning qishki transferlardagi rejasini aytdi

  • 02.12.2021 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yanvar oyida klub transferlar bo‘yicha qaysi yo‘nalishda ishlashini oshkor qildi.

- Men yanvarda futbolchi olishni yoqtirmayman. Agar jamoamizda o‘z holatidan norozilar bo‘lsa, ularning ketish masalasini muhokama qilishga tayyorman. Lekin biz qishda hech qanday yangi o‘yinchini taklif qilmaymiz. Mavsumda kurashish uchun tarkibimizda etarli darajada charm to‘p ustalari bor, - dedi italiyalik murabbiy.

Anchelotti boshqaruvidagi “Real” joriy mavsumda 15 ta uchrashuvda 11 ta g‘alaba, uchta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etgan holda 36 ochko bilan Ispaniya chempionatida etakchilik qilmoqda. Jamoa hujumchisi Karim Benzema 12 ta gol urgan holda to‘purar bahsida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!