Anchelotti Zidanni ortda qoldirdi

  • 19.09.2023 14:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida “Real Madrid” o‘z maydonida “Real Sosedad”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu g‘alaba italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti uchun madridliklar boshqaruvidagi 173-g‘alaba bo‘ldi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha frantsiyalik Zinedin Zidanni ortda qoldirdi va ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Anchelotti "qirollik klubi" boshchiligida 357 g‘alabaga erishgan Migel Munosdan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

64 yoshli italiyalik mutaxassis 2021 yilning yozida "Real"ga qaytgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!