"Andijon" - "Buxoro" uchrashuvidan keyin murabbiylar nima deyishdi?

  • 19.06.2019 23:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun O‘zbekiston Kubogi 3-bosqich doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadionida esa «Andijon» klubi «Buxoro»ni qabul qildi va 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin esa ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Muhsin Muhammadiev: «O‘zimda ham jamoamga nisbatan savollarim ko‘p»

Xabaringiz bor, o‘tgan haftada «Buxoro» jamoasiga tojikistonlik taniqli mutaxassis Muhsin Muhammadiev bosh murabbiy etib tayinlandi. Biroq uning bu erdagi deyuti muvaffaqiyatsiz boshlandi. Avvaliga Superliga doirasida o‘z maydonida «Paxtakor»ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, bu safar Kubok bahsida «Andijon»ga ham yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Shu bois o‘yindan keyin Muhsin Muslimovichning kayfiyati tushib ketgandi. Uning o‘zi ham jamoaga nima bo‘layotganiga hayron.

muhammadiev

- Bugungi mag‘lubiyat sababini qanday izohlaysiz?

- O‘yin haqida qanaqa fikr bildirishim mumkin? Bizning jamoa hali o‘yinga tayyor emas. Birinchi davra yakunlanishini kutamiz. Keyin shunga qarab tarkib va o‘yinimizda o‘zgartirishlar kiritishga harakat qilamiz. Bunday futbol o‘ynamaslik kerak. Biz albatta ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko‘ramiz.

-  Umuman olganda, «Buxoro»ning oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- Bugungi kundagi bizning vazifamiz Superligada qolish. Nimagaki, jamoamizda kattaroq maqsadlarni bajarish uchun mahoratli o‘yinchilar yo‘q.

- Jamoa o‘yinini ko‘rganimizda ichki muhit ham yaxshi emasligi ko‘rinib turibdi…

- Men ham tushunmay qolyapman. Jamoada qanday muhit bor? Bu savolga javob bera olmayapman. «Buxoro»ga yaqindagina keldim va hali bu jamoa bilan ko‘p vaqt o‘tkazganaim yo‘q. Shu bois mening o‘zimda ham bu jamoaga nisbatan savollarim ko‘p.

P.S. Tez orada Muhsin Muhammadiev bilan qeng qamrovda uyushtirilgan katta suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.

Aleksandr Xomyakov: «Muxlislarimizning daldasi bizga kuch bag‘ishladi»

Yirik hisobdagi g‘alabadan kayfiyati chog‘ bo‘lgan "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Birinchi navbatda birinchi debyut g‘alabamni qo‘lga kiritganimdan xursandman, - deya gap boshladi, Xomyakov. - Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz unchalik ham qovushmadi. Qolaversa, biroz asabiy o‘yin bo‘ldi. Lekin shunga qaramay, biz hisobni ochishga erishdik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin tizginini yo‘qotib qo‘ymaslik borasida bizda biroz qo‘rquq ham bo‘ldi. Ammo o‘ylagan rejalarimiz bugun amalga oshdi. Buning natijasida to‘rtta gol urdik va bundan xursandman. Bundan tashqari, bu o‘yin muxlislarimizga ham yoqdi deb o‘ylayman. Shu fursatdan foydalanib, andijonliklarni bugungi g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Endi ikki kundan keyin bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bugundanoq futbolchilarni tiklash ishlarini boshlaymiz. Chunki yirik hisobda yutgan bo‘lsak-da, yigitlar ancha kuch sarflashdi. Muxlislarimizning daldasi jamoamizga ancha sezilib turdi. Bu esa bizga yanada kuch bag‘ishladi.

- Aleksandr Andreevich, «Buxoro» siz kutganingizdan ham ko‘ra pastroq darajada o‘ynadi deb o‘ylaysizmi?

- «Buxoro»ning ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib o‘ynashini kutgandik. Ayniqsa, bizning xatolarimizdan foydalanib o‘yin ko‘rsatishlarini sezgandik. Bu o‘yinda birinchi bo‘lib gol urishimiz juda muhim edi. Agar birinchi bo‘limda hisobni ochmaganimizda bizga ancha qiyin bo‘lishi mumkin edi. Xullas, gol urganimizdan keyin o‘yin bizning nazoratimiz ostida o‘tdi.

xomyakov

- Shuningdek, bugun bir qator etakchi futbolchilarga dam berdingiz. Bu bilan ularni Superliga doirasida OKMKga qarshi o‘yin uchun asrab qo‘ydingizmi?

- Ha, to‘g‘ri topdingiz. Bir qator etakchi futbolchilarimizga dam berishga qaror qildik. Har uch kunda o‘ynash qiyin.

- «Andijon» O‘zbekiston Kubogi bahslarida uzog‘i bilan chorak finalgacha etib borgan xolos. Bu musobaqada jamoaning maqsadi qanday?

- Biz uchun har bir uchrashuv muhim. Bungacha Muborakda «Mash’al» ustidan g‘alaba qozongandik. Shundan keyin mana bugungi uchrashuvda yutdik. O‘ylaymanki, bu g‘alaba futbolchilarimizga ancha ishonch bag‘ishlaydi. Albatta, Kubokda ham uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. Lekin biz bunisi chempionat, bunisi Kubok bahsi deb ajratib o‘tirmaymiz. Har bir o‘yinda maksimal natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
20/06/2019 10:16
Андижон олийда колмаслиги аник,сабаби ушбу жамоа Ахмаджонов ва Шерзод Косимовлар ёрдамида Машъалнинг урнига гирромлик билан олийга чиккан жамоа.
&
Тога
20/06/2019 08:29
Браво Мухсин Мухаммадиев правильно и справедливо мы не знаем чему научил нашу команду Бахтиер Ашурматов но точно не в игру в настоящий футбол. Вас просят болельщики "Бухары" разберитесь создайте конкурентную боеспособную команду в Суперлиге какой она была все время своего существования мы потерпим и подождем.