
"Andijon" tarkibiga Tojikiston terma jamoasi a’zosi qo‘shildi
6 yanvar kunidan boshlab yangi mavsumga tayyorgarlikni Yangier shahrida davom ettiradigan Aleksandr Xomyakov qo‘l ostidagi “Andijon” jamoasi safiga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishda davom etmoqda.
Tanishing: Oybek Abdug‘afforov.
Tug‘ilgan yili: 30.03.1995 yil.
Ampluasi: Yarim himoyachi.
Fuqaroligi: Tojikiston.
Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi.
O‘ynagan jamoalari: “Regar”, “Barqchi”, “Hosilot”, “Istiqlol”, “Regar”, “Xo‘jand”.
2019 yili “Xo‘jand” jamoasi tarkibida OFK Kubogida ishtirok etib, 7 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 612 daqiqa harakat qilgan.
Manba: "Andijon" klubi telegram rasmiy kanali.
Fikrlar