"Andijon" tayyorgarlikni boshladi, tarkibda yangi futbolchilar bor

  • 14 yanvar, 2022, 18:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi Viktor Kumikov boshchiligida bugundan Xonobodda tayyorgarlikni boshladi.

Tecno

Oldin xabar qilinganidek, chernogoriyalik legionerlar – hujumchi Bogdan Milich hamda yarim himoyachi Goran Miloyka klub ixtiyoriga etib kelishgan hamda mashg‘ulotlarga kirishishgan. Jamoaning yana bir yangi legioneri – Vladimir Bubanya esa uch kundan keyin “Andijon”ga qo‘shiladi.

Jamoa yig‘iniga shuningdek, iste’dodli darvozabon Muxriddin Ahmedov ham qo‘shilgan. O‘tgan yilgi mavsumni Tojikiston chempionati “Ravshan” jamoasi safida o‘tkazgan posbon u erda hammasi bo‘lib 20 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Ayni paytda yana bir qator o‘yinchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Shu sababli tarkibga yangi futbolchilar qo‘shilishda davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!