
Andijondagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida darvozalarga 4 ta gol urildi
Oldin xabar berganimizdek, 14 oktbyar kuni Andijondagi “Bobur Arena”da xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Unda “Andijon” klubi Qirg‘izistonning “Muras Yunayted” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvda dastlab mehmonlar hisobni ochdilar. “Muras Yunayted”ning qozog‘istonlik legioneri Davlatbek Hakimov 14-daqiqada o‘zining chiroyli zarbasi bilan mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Tanaffusgacha boshqa gol urilmadi.
Ikkinchi bo‘lim yanada qiziqarli o‘tdi. 67-daqiqada mezbonlarning zaxiradan maydonga tushgan to‘purar hujumchisi Rubin Xebay penaltidan hisobni tenglashtirdi. Oradan uch daqiqa o‘tgach, mehmonlarning rossiyalik hujumchisi Artyom Serdyuk jamoasining ikkinchi golini kiritdi. 82-daqiqada esa “Andijon” futbolchisi Muhammadkarim Toirov uchrashuvga nuqta qo‘ydi. U raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qildi va bellashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakun topdi.
Fikrlar