Angliya klubi fantastik talant sohibini qo‘lga kiritganini e’lon qildi

  • 2 sentabr, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi vakili “Brayton end Xouv Albion” jamoasi rasmiy saytida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi Billi Gilmorni  transfer qilgani xaqida xabar berdi.

21 yoshli shotlandiyalik futbolchi yangi jamoasi bilan to‘rt yillik bitim tuzdi.

- Billi fantastik sifatlarga ega futbolchi. U premer-ligada va Chempionlar ligasida, o‘tgan galgi Evropa chempionatida to‘p tepgan. U maydon markazidagi imkoniyatlarimizni sezilarli darajada oshiradi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, katta tajriba va kuchli xarakter egasi. Salohiyati juda yuqori. Endi unga jamoamizga ko‘nikib olishi uchun biroz vaqt kerak, - dedi “Brayton” bosh murabbiyi Grem Potter.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!